Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani, Qamashi qishlog‘ida yashovchi Q.Berdiyev 6-mart kuni ertalab o‘g‘li, maktabning 10-sinf o‘quvchisi H.Qarshibekov uydan qo‘ylarni boqish uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
xabar bermoqda.

Foto: LivejournalQidiruv ishlari davomida Qamashi qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi “Mirishkor” kanalidan H.Qarshibekovning bosh qismidagi jarohati bilan murdasi topildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu qishloqda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan B.Shodmonov o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.
Izoh (0)