Singapurdagi AQSh — KXDR sammitida erishilgan kelishuvlar dunyoga yadro halokatining oldini olish imkonini berdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Dunyo potensial yadro halokatidan bir qadam uzoqlashdi”, — deb yozdi Tramp Twitter’da.
U KXDR yetakchisi Kim Chen Inga Shimoliy Koreya raketa-yadro sinovlaridan voz kechganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
https://twitter.com/realDonaldTrump/status/1006694541083021312
“Raketa parvozlari, yadro sinovlari va tadqiqotlari boshqa bo‘lmaydi. Garovdagilar o‘z uylariga, oilalari bag‘riga qaytadi. Rahmat sizga, rais Kim. Biz birgalikda o‘tkazgan kun tarixiy bo‘ldi!” — deya qayd etdi Tramp.
Izoh (0)