Reddit’da yangi optik illyuziya e’lon qilindi — suratda pastdan tepadagi egasiga, boshini biroz egibroq qarab turgan qora mushuk tasvirlangan, lekin e’tiborsiz qaralsa, dikkayib turgan quloq sabab suratda xuddi qarg‘a aks etgandek ko‘rinadi.
https://twitter.com/RobertMaguire_/status/1056365216009740289
Xususan, sun’iy idrok ham bu surat masalasida adashib ketgan — Google’ning suratni tanish texnologiyasi unda shunchaki qarg‘a emas, balki Amerika qarg‘asi aks etgani haqida ma’lumot bergan.
https://twitter.com/reedmideke/status/1056369597648056325
Foydalanuvchilar: “Ajoyib, tengi yo‘q surat! Ko‘zni aldash mana shundoq bo‘pti”, qabilida fikrlar yozib qoldirgan.
Izoh (0)