Bangladesh poytaxti Dakkadagi osmono‘par binoda yong‘in yuz berishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, 28-mart, payshanba kuni Daily Star ma’lumotlariga tayanib “Korrespondent.net” xabar qiladi.
Qayd etilishicha, odamlar yonib turgan bino derazalaridan sakrashi oqibatida, olgan jarohati tufayli vafot etgan.
Qutqaruvchilar 35 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Yong‘inni o‘chirishda 20 ta o‘t o’chirish bo‘linmasi qatnashdi. Binodagi yong‘inni havodan turib vertolyotlar yordamida o‘chirishga harakat qilishdi.
https://youtu.be/8HJNGCMNU44
https://twitter.com/ImranImvu/status/1111230407771652096
Izoh (0)