SpaceX kompaniyasi Falcon Heavy raketa tashuvchisi orqali Saudiya Arabistonining Arabsat 6A aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi.
Tjournal’ning ma’lum qilishicha, parvoz Kanaveral quruqligida joylashgan kosmodromdan amalga oshirilgan.
Parvozdan yetti daqiqa o‘tgach, ikki yon tezlatgichi AQSh Harbiy havo kuchlari bazasi maydoniga kelib qo‘ngan. Yana uch daqiqadan keyin Atlantika okeanidagi Of Course I Still Love You suzuvchi platformaga raketa tashuvchining markaziy bloki qo‘ngan.
Xabarda aytilishicha, kompaniya ilk bor birinchi pog‘onadagi uchchala blokni qo‘ndirishga erishgan.
https://twitter.com/SpaceX/status/1116553298176118784
Izoh (0)