Florida shtatidagi Kliruoter shahrida joylashgan uylardan biriga uzunligi 3 metrdan oshiq bo‘lgan timsoh kirib qoldi. Oshxona oynasi orqali uyga kirgan timsoh bir necha shisha idishdagi vinolarni sindirib, hamma joyni vayron qilgan, deb xabar beradi Forum Daily.
Vishxuzen qo‘rqib ketib 911 ga qo‘ng‘iroq qilgan va politsiya ofitserlari yetib kelguniga qadar yotoqxonasidan chiqmagan.
Mahalliy politsiyachilar o‘zlarining Twitter’dagi sahifasiga uyda tartibsizlik keltirib chiqarganidan xursand timsohning rasmini joylashtirgan.
Politsiya va ovchilarning sa’y-harakati bilan timsoh uydan chiqarib yuborilgan. Kutilmagan mehmonning tashrifidan hech kim jarohat olmagan.
https://twitter.com/myclearwaterPD/status/1134559960023613441
Izoh (0)