10-iyun kuni Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoning 54-qavatiga vertolyot kelib urildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
To‘qnashuv oqibatida binoning tomida yong‘in yuzaga kelgan. Vertolyot bortida bo‘lgan bir kishi voqea joyida vafot etgan. Bino to‘liq evakuatsiya qilingan.
Gubernator Endryu Kuomoning ma’lum qilishicha, noxush hodisasa terroristik harakatlarning alomatlari yo‘q. Vertolyot favqulodda qo‘nishni bajargan.
https://twitter.com/LHKoonce/status/1138147115425812480
Ijtimoiy tarmoqlarda vertolyotning bino bilan to‘qnashgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Undan ko‘rish mumkinki, uchuvchi noqulay ob-havo sharoitida vertolyotni boshqarishga qiynalgan.
Izoh (0)