Turkiyaning Kyutaxya shahrida joylashgan azot zavodida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Voqea joyiga politsiya xodimlari, tezyordam mashinalari va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Noxush hodisa oqibatida yetkazilgan zarar hozircha noma’lum.
https://twitter.com/onderalg/status/1147944632954904578
Ijtimoiy tarmoqlarda zavoddan chiqayotgan qalin tutunlar tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Bunda ochiq yong‘in kuzatilmagan.
Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
Izoh (0)