Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Kiyevning “Borispol” aeroportidagi tantanali uchrashuv chog‘ida ularga ramziy ma’noda tatib ko‘rish uchun tortilgan non bo‘lagini tashlab yubordi, deb yozadi “TASS”.
Bosh vazir rafiqasi bilan birga 19-avgustga o‘tar kechasi Kiyevga rasmiy tashrif bilan yetib keldi. Samolyotdan tushishda er-xotin Netanyaxularni an’anaviy ukraincha libos kiygan uch qiz qadimiy urf-odatlarga muvofiq, non va tuz bilan kutib oldi.
Bu an’ana bilan tanish bo‘lgan Isroil bosh vaziri nonni sindirib, tatib ko‘rdi. So‘ng yana bir bo‘lak olib, rafiqasiga uzatdi. Ammo u nonni yemadi.
https://twitter.com/kann_news/status/1163168037425623040
Izoh (0)