Joriy yilning 8-avgust kuni Arxangelskda sodir bo‘lgan portlash oqibatida yuzaga kelgan radiatsiya Qozog‘istonga qadar yetib kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash shartnomasi tashkilotining ijrochi kotibi Lassina Zerbo ma’lum qildi, deb xabar beradi “NUR.kz”.
Ekspert o‘zining Twitter’dagi sahifasiga portlashdan so‘ng radiatsiya qaysi yo‘nalish bo‘ylab tarqalgan bo‘lishi mumkinligi tasvirlangan interfaol xaritani joylashtirdi. Uning taxminlariga ko‘ra, radioaktiv zarralar Qozog‘iston hududiga qadar yetib kelgan bo‘lishi mumkin. Biroq buni isbotlaydigan hech qanday ma’lumot mavjud emas.
https://twitter.com/SinaZerbo/status/1163094836569882625
8-avgust kuni Arxangelsk viloyatida joylashgan harbiy poligonda reaktiv dvigatel suyuqligini sinovdan o‘tkazish chog‘ida portlash yuz bergan edi. Oqibatda “Rosatom”ning 5 nafar xodimi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)