Tojikiston sovuq ob-havo boshlangani va respublikaning ichki ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”.
2019-yilning aprel—sentabr oylarida Tojikiston O‘zbekistonga qariyb 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan.
Sentabr oyidan boshlab ichki ehtiyojlarni ta’minlash maqsadida elektr energiyasini qo‘shni davlatga eksport qilish kamaytirilgan.
Noyabr oyining o‘rtalarida Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksport qilishni butunlay to‘xtatdi. Endi u kelgusi yilning aprel oyi boshida qayta tiklanadi.
Avvalroq O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib berishi, natijada elektr energiyasidagi uzilishlar soni keskin kamayishi aytilgan edi.
Izoh (0)