AQSh Milliy ilmiy fondining quruqlikdagi quyosh teleskopi Quyosh yuzasining tarixdagi eng batafsil suratlarini oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Unda ilk bor 30 kilometrgacha o‘lchamdagi obyektlarni ko‘rish mumkin.
https://twitter.com/i/status/1222609934698893312
Milliy quyosh laboratoriyasi e’lon qilgan filmda esa Quyoshdagi konvektiv yacheykalarda moddalarning harakatlanishi namoyish etilgan.
Ma’lumot uchun, Daniel K. Inouye Solar Telescope (DKIST) Gavayi orollarida o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida Quyosh sathi, magnit maydonlari va ichki qobig‘i xaritasi tuziladi.
Izoh (0)