Kosmosga chiqib Yer sayyorasining ajoyib suratlari bilan bo‘lishgan Xiaomi Mi 10 Pro Everest tog‘iga yo‘l oladigan bo‘ldi, deb xabar beradi IXBT.
Everest koronavirus pandemiyasi sabab oxirgi bir necha oy davomida ham Xitoy, ham Nepal tomonidan yopilgan edi. Biroq Xitoy ekspeditsiya guruhi uchun Tibet joylashgan o‘z tomonini ochdi.
Yaqinda 30 kishidan iborat xitoylik geodezistlar jamoasi 5200 metr balandlikdagi bazaviy lagerga chiqib, cho‘qqidagi harorat natijalarini ko‘rishga urindi. Everest tog‘ining eng yuqori nuqtasi o‘z asosidan 8848 metr balandlikda joylashgan. Agarda bu muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoydagi professional geodezistlarning ilk bor Everest cho‘qqisiga chiqishi sifatida tarixda qoladi.
Mavzuga doir: Xiaomi koronavirus sababli Mi 10 va Mi 10 Pro smartfonlari taqdimotini jonli efirda o‘tkazdi
Izoh (0)