Xiaomi Group China prezidenti va Redmi bosh direktori Lu Veybing Redmi Note 10 Pro smartfonidan olingan ilk suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.
Ushbu haftada smartfon Xitoyning TENAA regulyatori ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi, unga ko‘ra, Redmi Note 10 Pro Dimensity 800 bir kristalli tizimi bazasida yaratiladi. OLED ekran diagonali 6,57 dyuymga teng bo‘lib, piksellar soni 2400 x 1080 ni tashkil etadi.
Asosiy kameraning kvadrat blokida suratga olishga mo‘ljallangan uchta datchik va yorug‘lik diodli chaqnoq (vspishka) joylashgan. Asosiy sensor 64 megapiksellga teng. Redmi Note 10 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va unga 4520 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatilgan. Foydalanuvchilarga 6/64, 6/128, 8/128 va 8/256 gigabayt xotiraga ega versiyalari taklif etiladi.
Smartfon Android 10 operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)