Yaponiyaning Yamato shahrida ko‘chalar bo‘ylab harakatlanish vaqtida smartfondan foydalanishga taqiq qo‘yildi. Qonun 1-iyuldan kuchga kiradi. U tavsiyaviy xarakterga ega va qoidabuzlarga hech qanday jazo qo‘llanilishini ko‘zda tutmaydi, deb xabar beradi Kyodo News.
Agar piyoda gadjetdan foydalanishni xohlab qolsa, u hech kimga xalaqit bermaydigan joyga to‘xtatishi kerak.
Kunchiqar mamlakat olimlarining aniqlashicha, inson smartfondan foydalanayotganida ko‘zlarning ko‘rish burchagi qisqaradi, harakat vaqtida esa u boshqa yo‘lovchilar yoki avtomobillar bilan to‘qnashib ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yildan Yaponiyada selfi tayoqlaridan foydalanishga cheklov qo‘yila boshlangan.
Izoh (0)