Yevropa kosmik agentligi va NASA quyoshning rekord darajadagi yaqin masofadan olingan suratlarini e’lon qildi.
Mazkur alangalarning yulduz qobig‘ida yaltirab ko‘rinayotganining sababi hozircha ma’lum emas. Ularning Quyosh tojining qizishida ishtirok etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, toj yulduzning chuqur qatlamlaridagi issiqlikdan 200-500 baravar qaynoq.
Ushbu gipotezani tasdiqlash uchun alangalar haroratini o‘lchab ko‘rish kerak. Solar Orbiter mazkur ishni bajara oladigan Spectral Imaging Coronal Environment (SPICE) qurilmasi bilan jihozlangan va ma’lumotlar umumlashtirilib Yerdagi olimlarga yuboriladi.
Boshqa bir qurilma, ya’ni quyosh-geliosfera tomografi SoloHI yordamida sayyoralararo zarralarda ko‘rinayotgan Quyoshning zodiakal yorug‘ligi o‘lchanadi. U shu qadar kuchsizki, ko‘pincha Quyosh uni to‘sib qo‘yadi. Ushbu holatni qayd etish uchun SoloHI Quyosh nurini dastlabkisidan bir trillion darajada kamaytirishiga to‘g‘ri keldi. Tasvirlar toza zodiakal yorug‘likni ko‘rsatdi, shu sababli olimlar yaqin orada Quyosh shamoli tuzilmasini ko‘rishlari mumkinligiga umid qilmoqda.
Mavzuga doir: Halqasimon Quyosh tutilishi dunyoning turli burchaklarida qanday ko‘rinish kasb etdi? (foto)
Mavzuga doir: Quyoshning eng tiniq suratidan sirli tizmalar topildi
Izoh (0)