Virgin Galactic kompaniyasi tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi samolyoti konseptining dizaynini taqdim etdi, deb xabar beradi Sky News.
Bu kabi tezlik Londonda Sidneygacha bo‘lgan masofani 5 soatga bosib o‘tishga yordam beradi. Odatda buning uchun bir sutka vaqt ketadi. Shuningdek, mazkur samolyot Londondan Nyu-Yorkka ikki soatdan kamroq vaqt ichida yetib bora oladi.
Virgin Galactic 18,3 ming metr balandlikda uchib, bir vaqtning o‘zida 9-19 nafar yo‘lovchini tashishi mumkin.
Samolyot dizaynini yaratishda Virgin Galactic’ka Rolls-Royce kompaniyasi yordam bermoqda. Shuningdek, kompaniya samolyot uchun dvigatellar yaratish bilan ham shug‘ullanadi.
2018-yilda Boeing kompaniyasi, 2019-yilda esa NASA tovushdan tez samolyotlarni yaratayotgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Izoh (0)