Astronomlar “Somon yo‘li” markaziy qora tuynugidan minimal darajadagi uzoqlikda joylashgan yulduzni aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bundan tashqari, ular boshqa rekordchini — tezligi yorug‘lik tezligining sakkiz foizini tashkil etadigan yulduzni ham aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Kyoln universiteti Fizika institutidan bo‘lgan Florian Paysker hamkasblari bilan SINOFI infraqizil spektrograflari hamda Chilidagi Very Large Telescope’da o‘rnatilgan NACO qurilmasi yordamida olingan ma’lumotlarni tahlil qilib ko‘rdi. Olimlar S-sinfiga kiruvchi beshta yangi yulduzni, xususan, S4711 yulduzini aniqlagan. U qora tuynuk markaziy qismiga bugungi kunga qadar fanga ma’lum eng yaqin yulduz hisoblanadi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, S4711 bu B8/ 9-V spektral obyekti bo‘lib, massasi quyosh massasidan ikki baravar katta. U orbita bo‘ylab soniyasiga 6,7 ming kilometr tezlikda harakatlanadi va Sagittarius A* atrofini taxminan 7,6 yilda to‘liq aylanib chiqadi. S4711 elliptik orbita bo‘ylab harakatlanib, Sagittarius A* ga 144 astronomik birlikka qadar yaqinlashadi.
Shuningek, astronomlar boshqa bir rekordchini — “Somon yo‘li”dagi eng tezkor yulduzni — S4714’ni aniqlagan. U soniyasiga 24 ming kilometr tezlikda Sagittarius A* ni aylanadi — bu Yer orbitasi bo‘ylab Quyosh atrofida bir marta aylanishi uchun 1,5 soniyadan sal ortiqroq vaqt kerak bo‘lishini anglatadi.
Avvalroq Ispaniyadagi La-Korunya universiteti hamda Kanar orollaridagi Astrofizika tadqiqot instituti olimlari “Somon yo‘li” galaktikasi chegarasida yangi yulduzlar turkumini aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)