Golf bo‘yicha ko‘p karra Jahon chempioni Tayger Vuds avtohalokatga uchradi.
Voqea 23-fevral tongida Los-Anjelesda sodir bo‘lgan. Sportchining mashinasi hozircha noma’lum bo‘lgan sabablarga ko‘ra ag‘darilib ketgan, YTHda boshqa transport vositalari ishtirok etmagan.
Vudsni avtomobildan olib chiqish uchun mashina qismlarini kesishga to‘g‘ri kelgan. Hozirda Vuds shifoxonada bo‘lib turibdi.
“Ayni vaqtda u jarrohlik amaliyoti xonasida”, — deb xabar bergan uning agenti Mark Steynberg.
Steynbergning so‘zlariga ko‘ra, Tayger oyog‘idan ko‘plab jarohatlar olgan.
https://twitter.com/dcexaminer/status/1364303783627345923
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)