Qo‘lga olingan Sarkozi, bahorni qarshilayotgan qizil kiyimli ayollar, karantindagi bayram. 1-mart suratlari
Bahorning ilk kunida dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Myanmadagi norozilik namoyishlarida 18 kishi halok bo‘ldi. BMT harbiylarni zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirmoqda.Foto: Reuters
Yamanning Sana hududida yashovchi Ahmad Farax hamda uning oilasi o‘z uylarida tamaddi qilmoqda.Foto: Reuters
Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi korrupsiya ishi bo‘yicha bir yilga ozodlikdan mahrum qilindi.Foto: Getty Images
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Foto: Prezident matbuot xizmati
Xitoyning Xuayan hududida gullab yotgan olxo‘ri daraxtlarining surati.Foto: Getty Images
Ukrainadagi lo‘lilar qishlog‘ida loyga belanib yotgan ot.Foto: Rex
Buyuk Britaniyaning Eli hududidagi “Botqoqlar kemasi” nomi bilan mashhur Eli ibodatxonasi tuman ichida.Foto: Rex
Germaniyada pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar yumshatilib, sartaroshxonalar ochildi.Foto: Reuters
Belarusning Zaprudye hududida qizil kiyimdagi ayollar bahorni kutib olish hamda prezidentlik saylovlaridagi natijalarga qarshi norozilik tarzida raqs tushmoqda.Foto: AFP
Arktikada Rossiyaning iqlim va atrof-muhit monitoringini amalga oshiruvchi ilk sun’iy yo‘ldoshi “Arktika-M” Qozog‘istondagi Baykonur kosmodromida raketa tashuvchi bilan koinotga uchirildi.Foto: Reuters
“Oltin globus” mukofotining “Komediya yoki myuzikl” kategoriyasida Sasha Baron Koenning “Borat-2” filmi g‘olib chiqdi. Marosim 2021-yil onlayn tarzda o‘tkazildi.Foto: Reuters
Rossiyaning Pokrov hududidagi ikkinchi raqamli axloq tuzatish koloniyasida muxolifatchi Aleksey Navalniy jazoni o‘taydi.Foto: Reuters
London kanallaridan biri uzra tong otmoqda.Foto: Reuters
Gonkong politsiyasi 6-yanvar kuni qo‘lga olingan 47 nafar muxolifat faolini aybdor deb topdi. Bu esa yangi qarshiliklar hamda namoyishlarga yo‘l ochdi.Foto: Reuters
Parijda iliq havo hukmronlik qilayotgani sababli shahar aholisi ommaviy tarzda Sena daryosi qirg‘oqlariga chiqdi.Foto: Reuters
Daniyaning Kopengagen shahrida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlarga qarshi namoyishlar o‘tkazildi.Foto: Reuters
Isroildagi yahudiylar karantin sharoitida Purim bayramini nishonladi.Foto: Reuters
Izoh (0)