Qamoqxona devoriga chizilgan freska, gaz ballonli namoyish, faollashgan vulqon. 2-mart suratlari
Bahorning ikkinchi kunida dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Myanmaning Yangon shahrida harbiy to‘ntarishga qarshi niqob kiyib olgan namoyishchi.Foto: AFP
Nigeriyaning Zamfara hududida maktablardan birida o‘tgan haftada o‘g‘irlab ketilgan deyarli 300 nafar odam safida bo‘lgan qizini ko‘rishga kelgan ayol.Foto: Reuters
Pokistonning Lahor shahrida poliomielitga qarshi vaksinalash kampaniyasi doirasida emlanayotganida yig‘layotgan bolakay.Foto: AFP
Hindistonning Mumbay shahrida ijtimoiy masofa saqlash hamda niqob taqishni targ‘ib qilish maqsadida chizilgan ichi odamlar bilan to‘la avtobus freskasi yonidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi.Foto: AFP
Hindiston yoshlar Kongressi faollari yoqilg‘i va oshxona gazi narxini ko‘tarishga qarshi norozilik aksiyasida suyultirilgan gaz ballonlarini olib yurishmoqda.Foto: EPA
Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Hevron shahridagi qishloqlardan biridagi uyni isroilliklar surib tashlashiga qarshi turgan falastinliklar.Foto: AFP
Indoneziyaning Sumatra orolidagi Sinabung vulqoni yana faollashdi. Uning krateridan chiqqan kul ustuni osmonga bir necha kilometr balandlikda ko‘tarildi.Foto: Reuters
Londonda nargis gullari quloch yozdi.Foto: Reuters
Odri Xepbyornning madam Tyusso muzeyidagi haykali Nyu-Yorkda joylashgan Peter Luger steyk-hausda ijtimoiy masofa saqlash choralari doirasida o‘tiribdi.Foto: Reuters
Germaniyalik konseptual rassom Florian Mexnert ijtimoiy masofalanish mashaqqatlari mavzusida Social Distance Stacks nomli loyiha qildi.Foto: Reuters
Meksika kinoteatrlari karantin cheklovlaridan keyin 2 oylik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi.Foto: Reuters
Shveysariyaning Syurix shahriga haqiqiy bahor kirib keldi.Foto: Reuters
Nigeriyadagi maktablardan birida o‘tgan haftada o‘g‘irlab ketilgan deyarli 300 nafar qizlar yo‘qolganlaridan 4 kun o‘tib topildi.Foto: Reuters
Chilidagi hukumatga qarshi namoyishlarda 5 nafar politsiyachi yaralandi.Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.Foto: Twitter
Angliyaning Reding shahridagi qamoqxonalardan birida mashhur anonim ko‘cha rassomi Benksi mashhur irlandiyalik yozuvchining qamoqxonadan qochish lahzasini tasvirladi.Foto: Reuters
Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi va qo‘shma bayonot imzoladi.Foto: “akorda.kz”
Nigeriyada jangarilar BMT bazasini yoqib yubordi.Foto: “Trend.az”
O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilmoqda.Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov
Izoh (0)