O‘pirilgan “Amirsoy” yo‘li, qora tuynukning ikkinchi rasmi, Fukusimada yoqilgan Olimpiada olovi. 25-mart suratlari
Dunyo bo‘ylab 25-mart kuni kadrga muhrlangan eng sara suratlarni namoyish qilamiz.
Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlari oldidan olimpiya mash’alasi estafetasi Fukusima prefekturasida boshlandi. Koronavirus pandemiyasi tufayli marosim futbol mashg‘ulot majmuasi hududida tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tgan.Foto: Reuters
Rossiyaning Lovozero shahri yaqinida kuydirgiga qarshi emlash uchun to‘plangan bug‘ular.Foto: “TASS”
Bir necha yangilik nashrlarining egasi Rupert Merdok ko‘rinishidagi Extinction Rebellion harakati faoli Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkazilayotgan News Corporation’ga qarshi namoyishda qatnashmoqda.Foto: EPA
Rio-de-Janeyrodagi Iso Masih haykalini restavratsiya qilish uchun mas’ul bo‘lgan me’mor Kristina Ventura. 2021-yilning oktabr oyida haykalning 90 yilligi nishonlanadi.Foto: Getty Images
Parfenonda prezident gvardiyasi a’zolari 1821-yilgi inqilob va Gretsiya mustaqilligining 200 yilligiga bag‘ishlangan bayroq ko‘tarish marosimidan oldin.Foto: EPA
Rohinja bolakayi Bangladeshdagi qochqinlar lagerida yong‘in sodir bo‘lganidan bir necha kun o‘tgach, vaqtinchalik boshpanasiga suv olib ketyapti.Foto: AFP
yo‘l cho‘kdi. Avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida bu kabi jarayonlar muntazam sodir bo‘ladi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Uels shahzodasi Charlz va Kornuoll gersoginyasi Kamilla Gretsiya mustaqilligining ikki yuz yilligini nishonlash uchun ushbu mamlakatga ikki kunlik tashrifi davomida harbiy paradni kuzatmoqdaFoto: PA
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning biri yonida erta tongda uchirilgan varrak.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Event Horizon Telescope jamoasi M87 galaktikasidagi qora tuynukning ikkinchi suratini e’lon qildi. Yerdan 55 million yorug‘lik yili uzoqligidagi galaktikada joylashgan ushbu qora tuynukning birinchi surati 2020-yilning sentabr oyida e’lon qilingandi.Foto: EPA
Pxenyanda 50 mingta kvartira qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etayotgan shimoliy koreyaliklar. Rejaga ko‘ra besh yil davomida har yili 10 mingtadan kvartira aholiga topshirilishi kerak. KXDR rahbari Kim Chen In ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quruvchi va askarlarni astoydil mehnat qilishga chaqirdi.Foto: Reuters
Meksikaning Mexikali shahridagi qabristonda yerda yotgan yumshoq o‘yinchoq.Foto: Reuters
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “Chilonzor“ metro bekati yaqinidagi hududda momaqaymoqlar orasida kezib yurgan mayna.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Bangladeshga tashrifiga qarshi namoyish ishtirokchilari va politsiya to‘qnashuvi. Bangladesh ozodligi uchun bo‘lgan urushga 50 yil to‘lmoqda. 1971-yil 26-martdan 16-dekabrgacha bo‘lgan urushdan so‘ng Bangladesh Pokistondan mustaqil bo‘lib chiqqandi.Foto: Shutterstock
Ruminiyada Ichki ishlar vazirligi binosi oldida politsiya xodimlari namoyish uyushtirdi. Ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish haqini oshirishni talab qildi.Foto: EPA
Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given’ning sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati. Hodisa sabab dengiz kemalari tirbandligi hosil bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, kemalar safi Hindistongacha cho‘zilgan. 400 metrli kemaning kanalga tiqilib qolgani haqidagi xabarlardan so‘ng Brent neftining bir barreli 2 dollargacha qimmatladi. Foto: Reuters
Hindistonda Holi festivali bo‘lib o‘tmoqda. Afsonalarga ko‘ra, Shiva o‘z nigohi bilan Sevgi ma’budi Kamani yoqib yuborgan. O‘shandan buyon har yili Holi festivali doirasida marosim qo‘g‘irchog‘i yoqib yuboriladi va sayillar uyushtiriladi. Holida odamlar bir-biriga turli rangdagi bo‘yoqlarni sepib, bayramni nishonlaydi.Foto: “TASS”
Istanbulda musulmon uyg‘urlar Xitoy tashqi ishlar vazirining Anqaraga tashrifiga qarshi norozilik bildirmoqdaFoto: EPA
Rossiyaning “Vostochniy” kosmodromidan “Soyuz-2.1b” raketa tashuvchisi start oldi.Foto: Roskosmos
Islandiyaning Reykyanes yarim orolida uyg‘ongan vulqondan oqib chiqayotgan lavani kuzatayotgan erkak.Foto: AP Photo
King Soopers oziq-ovqat do‘konida otishma uyushtirib, 10 kishining o‘limiga sababchi bo‘lganlikda gumon qilinayotgan 21 yoshli Ahmad Alissa Boulder okrug sudida. Gumonlanuvchi psixologik muammolar va ta’qib vasvasasidan aziyat chekishi aytilmoqda.Foto: AP Photo
Izoh (0)