Buyuk Britaniya poytaxti London markazida Elephant & Castle temiryo‘l bekati yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi va portlash ham yuz berdi. Shahar politsiyasi hodisaga terrorchilik tashkilotlarining aloqasi yo‘qligini bildirgan, deya xabar qildi “Kommersant”.
“Yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani hanuzgacha noma’lum. Poytaxt politsiyasi hodisaga terrorchilik tashkilotlarining aloqadorligi yuzasidan ma’lumot yo‘qligini qayd etgan”, — deyiladi London yong‘in xavfsizligi xizmati bayonotida.
https://twitter.com/i/status/1409507279351779336
Uchta tijorat obyekti olov ostida qolgan, shuningdek, oltita poyezd vagoni va telefon budkasi ham yongan, deyilgan xabarda. Shifokorlar hodisa joyida jarohat olgan erkakka birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan. Yong‘in oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin bartaraf etilgan.
Avval Turkiyadagi mashhur kurort yaqinida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani, Moskva markazida pirotexnika ombori yonib ketgani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)