Turkiyada TikTok uchun videorolik olayotgan 23 yoshli qiz tomdan tushib ketib halok bo‘ldi (video)
Kubra Dogan ismli turkiyalik bloger TikTok uchun videorolik tasvirga olish vaqtida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Foto: NewsflashBloger qiz 16 yoshli singlisi Xelen bilan tomga chiqqan. Ular TikTok uchun bir nechta videoroliklar olishni va kun botishini tasvirga tushirishni rejalashtirgan. Ammo suratga olish vaqtida Kubra tasodifan tomning yaxshi mahkamlanmagan qismini bosib olib, tushib ketgan. 50 metrdan qulagan 23 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Marhumaning amakisi Nebi Dogan mazkur tomni o‘rnatishga mas’ul bo‘lgan tashkilotni sudga berish niyatida.
“Bu ish to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymayman”, — deydi Nebi Dogan.
Izoh (0)