2021-yilda butun dunyoda sodir bo‘lgan asosiy voqealar — suratlarda (foto)
Ortda qolayotgan 2021-yil dunyo xabarlarini doimiy ravishda kuzatib boruvchilar uchun yorqin voqealarga boy boshlandi va o‘tdi deyish mumkin. 6-yanvarda Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kapitoliy binosiga hujum uyushtirib uni egalladi. Keyin Rossiyada muxolifat vakili, siyosatchi Aleksey Navalniy hibsga olindi, shundan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazildi, politsiya namoyishchilarni tarqatdi, Olimpiada – 2020 musobaqalari o‘tkazildi, “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga keldi va boshqa e’tiborga molik voqea-hodisalar sodir bo‘ldi. Meduza nashri muharrirlari yil yangiliklariga aloqador fotosuratlarni to‘pladi. 2021-yil shunday o‘tdi va odamlar ushbu davrni yana uzoq vaqt eslab yurishadi.
yutqazgan Donald Tramp tarafdorlari AQSh Kongressining binosiga bostirib kirishga urinmoqda. Saylov natijalari e’lon qilingan kunda ular uyushtirgan shturm vaqtida 5 nafar odam halok bo‘lgan. Kapitoliy binosiga hujum ishi bo‘yicha 500 nafardan ziyod gumonlanuvchi hibsga olingan va ularning aksariyati qamalgan. Saylovlardagi natijalar kechroq e’lon qilindi, 20-yanvarda Bayden AQSh prezidenti lavozimida ishlashga kirishdi" data-action="zoom" class="border lazyload" />
o‘tkazila boshlandi, politsiya namoyishchilarni tarqatdi. Moskvadagi Pushkin maydonida OMON hamda namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yerda yiqilib yotgan odamni libertarianlik Gleb Maryasov himoya qilmoqda, u keyinchalik mazkur norozilik aksiyalarida yo‘llarni yopgani uchun 10 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, 23-yanvar" data-action="zoom" class="border lazyload" />
surat olgan. Bu foto keyinchalik auksionda ikki million rublga sotilgan. Fotosurat sotuvidan tushgan daromad “OVD-Info” tashkilotlariga (keyinchalik xorijiy agent deb topilgan) va “Apologiya protesta”ga yuborilgan, ular norozilik namoyishlaridan keyin qamoqqa olinganlarga ko‘mak beradi. 2-fevral." data-action="zoom" class="border lazyload" />
aylangandi. Hukumat namoyishlar ishtirokchilarini taqib qilgan, Belarusdan chiqib ketgan muxolifat yetakchilariga uzoq yilliq qamoq jazolari tayinlangan, 1-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />
Irlandiyadagi Lox-Ennel ko‘li ustidan uchib o‘tayotgan chug‘urchiqlar galasi, surat fotograf Jeyms Krombi tomonidan olingan. Gala bo‘lib uchish ko‘plab qushlarga xos harakat, biroq chug‘urchiqlar galasidagi qushlar soni 700 mingdan ziyod bo‘lgan davrlar ham bo‘lgan. Bunday qushlar galasi ingliz tilida ‘murmuration of starlings’ ya’ni ‘chug‘urchiqlar shivir-shiviri’ (qanotlar ovozi pichirlashga qiyoslangan) deyiladi — galaning shakli ba’zida o‘zgacha qiyofa kasb etadi. Olimlar bunday uchish qushlarning yirtqichlardan himoyalanishi va ularni chalg‘itishga sabab bo‘lishini taxmin qilgan, 2-martFoto: Scanpix
kuzatildi, mazkur holatga kasalaxonalar ham, o‘likxonalar ham dosh bera olmadi, 21-iyun" data-action="zoom" class="border lazyload" />
Vaksina solingan muzlatgichli sumka bilan Kashmirdagi cho‘ponlarni koronavirusga qarshi emlash uchun yo‘lgan chiqqan tibbiyot xodimi. Hindistonda bahor-yoz oylarida yangi shtamm tarqalgani tufayli koronavirus bilan kasallanishlar soni keskin ortib ketdi. Hatto bir sutkalik kasallanishlar soni 400 mingtaga yetgan paytlar ham kuzatildi, mazkur holatga kasalaxonalar ham, o‘likxonalar ham dosh bera olmadi, 21-iyunFoto: AP Photo
Vashington shtatidagi Uentachi katta sinflar o‘qiydigan maktabning nayli cholg‘u ansambli ishtirokchilar koronavirusga qarshi himoyalanish uchun maxsus palatkalarda repititsiya qilishmoqda. 26-fevralFoto: Getty Images
hibsga olmoqda. Sara Everardning o‘limida London politsiyasining 48 yoshli xodimi Ueyn Kazins ayblangan. U ayolni zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 13-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />
qayd etilganining bir yilligini o‘tkazishdi. 2021-yil dekabr oyi oxiri holatiga ko‘ra AQShda 800 mingdan ziyod odam koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan, 14-mart" data-action="zoom" class="border lazyload" />
Falastindagi Beyta qishlog‘iga chegaradosh bo‘lgan Isroilning Eviatar qishlog‘ida yashaydigan odam. Eviatarni bunyod qilish qarori falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi va iyul boshida isroilliklar qishloqni tark etdi. 1-iyulFoto: AP Photo
Isroilning “Temir gumbaz” raketa hujumidan himoyalanish tizimi Falastinning HAMAS guruhining raketalarini urib tushirmoqda, Falastin –Isroil qarama-qarshiligi keskinlashgan vaqtlar. May oyining ikkinchi yarmida tomonlar o‘zaro murosa qildilar. 14-mayFoto: AFP
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida koronavirus asoratlaridan vafot etgan odamlarni ommaviy yoqish marosimi. Hindistonda 2021-yil bahorida boshlangan koronavirus bilan kasallanishlar sonining keskin ortishi delta shtammi va hukumatning ommaviy yig‘ilishlar, diniy marosimlarni mahalliy saylovlar oldidan to‘xtatmagani bilan bog‘liq. 22-aprelFoto: Reuters
Italiyadagi Lampeduza oroli yaqinida Tunisdan ekanligi taxmin qilingan odamlar yog‘ochdan yasalgan qayiqda Ispaniya nodavlat tashkiloti Open Arms yordamini kutmoqda. 29-iyulFoto: AP Photo
2020-yilda vafot etgan rassom Xristoning asarlaridagi kabi mato bilan o‘rab chiqilgan Parijdagi triumf arkasi (pastddan ko‘rinish). Xristo haykaltaroshlik loyihalari bilan tanilgandi. Jumladan u va uning rafiqasi Reyxstagni va Kolorado vodiysida va parda yasagan. 6-sentabrFoto: EPA
Shveysariyaning Vale shahridagi Ronsk muzxonasidagi muzlar erib ketmasligi uchun uning muayyan qismi termoizolyatsiya qilingan material bilan o‘ralgan. 2021-yil davomida Shveysariydagi muzxonalar global iqlim isishi tufayli o‘z hajmining 1 foizini yo‘qotgan. 27-oktabrFoto: AFP
Lionel Messining porteti “Barselona”ning uy stadioni hisoblangan “Kamp Nou”dagi devordan olib tashlanmoqda, u yozda “Barsa”dan “PSJ”ga ko‘chib o‘tdi. Messi butun professional faoliyatini “Barselona”da o‘tkazgandi. U klub bilan birgalikda 4 marta YeChL va 10 marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqandi. 10-avgustFoto: Scanpix
“Formula-1” poygalarida ishtirok etuvchi “Red Bull jamoasi piloti Maks Ferstappen va “Mersedes” poygachisi Lyuis Hemilton Italiya Gran-prisida to‘qnashib ketishdi. Oradan uch oy o‘tgach, Abu-Dabidagi Gran-prida ikkala poygachida ham bir xil ochko to‘plangan vaqtda Ferstappen Hemiltonni so‘nggi aylanada ortda qoldiradi va “Formula-1” poygalarining chempioniga aylanadi. 12-sentabr.Foto: AFP
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksenni maydondan zambildan olib chiqib ketishmoqda. Yevro-2020 chempionati vaqtida Finlyadiyaga qarshi uchrashivda futbolchida yurak xuruji sodir bo‘ldi. Shifokorlar 29 yoshli Eriksenning hayotini saqlab qoldi. 12-iyunFoto: Reuters
yuz berdi, oqibatda 51 kishi: 46 nafar konchi va besh nafar qutqaruvchi halok bo‘ldi. Qutqaruchilardan biri Aleksandr Zakovryashin topildi. U ham halok bo‘lgan deb topilgan edi. Zakovryashin shaxtadan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U yonuvchi moddalardan zaharlangan, muzlab qolgan holatda shifoxonaga yotqizilgan. 26-noyabr" data-action="zoom" class="border lazyload" />
“Rosseti Lenenergo” kompaniyasi xodimlari Sankt-Peterburgdagi transformator budkasi yaqinida chizilgan Aleksey Navalniy portreti aks etgan graffitini o‘chirib tashlamoqda. 28-aprelFoto: Meduza
Davlatga xiyonatda ayblangan jurnalist Ivan Safronov sud zalida. Sud majlisida Safronovga tayinlangan qamoq jazosi yuzasidan appelyatsiya ishi ko‘rib chiqildi, mazkur jarayonga ikl bora jurnalistlar ham kiritilgan. 27-dekabrda Safronovga tayinlangan qamoq jazosi yopiq sud majlisida yana uch oyga – 7-aprelgacha uzaytiriladi. Jurnalist 1,5 yildan buyon panjara ortida qolmoqda. 16-dekabrFoto: “Kommersant”
Moskvada Aleksey Navalniyga bag‘ishlab o‘tkazilgan birdamlik mitingi ishtirokchilari. Navalniy tarafdorlari mazkur aksiyani 31-martda siyosatchining sog‘lig‘idan shikoyati borligiga qaramay yoniga shifokor kiritilmayotganidan norozi bo‘lib ochlik e’lon qilganidan keyin boshlangan. Rossiyaliklar va xorijdagi ko‘plab jamoatchilik vakillari, siyosatchilar, madaniyat vakillari, olimlar Navalniyning yoniga shifokor kiritishni talab qildi. Navalniyning ochligi 24 kun davom etdi. 21-aprelFoto: Meduza
2021-yil davomida Yevropada koronavirus sabab joriy qilingan taqiqlarga qarshi norozilik namoyishlari tez-tez o‘tkazildi. Yil oxirida COVID-19’ga qarshi choralar “Omikron” shtammi sabab yanada kuchaydi. Fotosuratda Belgiyadagi namoyishda olomon hamda politsiya o‘rtasida kuzatilgan to‘qnashuv aks etgan. Mamlakatda kovid-passportlarni joriy etish va aholini majburiy tartibda emlashga qarshi namoyishlar o‘tkazilgan. 5-dekabrFoto: Scanpix
Rossiya FVV o‘t o‘chiruvchilari Yakutiyada Kyuerel qishlog‘idagi o‘rmon yong‘inini o‘chirmoqda. Hududiy prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra yong‘in chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan mavsumda 8 million gektar maydonda 1,7 mingdan ziyod o‘rmon yong‘inlari kuzatilgan. Hodisalardan keyin kuzatilgan zarar miqdori 3,7 milliard rubldan ziyodroq. 6-iyulFoto: Aleksey Vasilyev
Kongo demokratik respublikasidagi Virung milliy parkida Ndakasi gorillasi hayvonlarga qaraydigan xodim qo‘lida jon bermoqda. Mazkur park butun dunyoda ota-onasini yo‘qotgan tog‘ gorillalari parvarish qilinadigan yagona maskan. 21-sentabrFoto: Getty Images
Kuchli shamol oqibatida ag‘anab tushgan qurilish xavozalaridan talafot ko‘rgan Kreml devori dandanasi. 22-oktabrFoto: “Kommersant”
AQSh terma jamoasi a’zosi Reychel Makkoy koronavirus sabab bir yil kech, tomoshabinlarsiz o‘tkazilgan Tokio olimpiadasida balandlikka sakrash musobaqalarining saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Balandlikka sakrash musobaqasida rossiyalik Mariya Lasitskene g‘olib chiqqan. 5-avgustFoto: Getty Images
Tokio olimpiadasining qilichbozlik musobaqasi finalida ikki rossiyalik Sofya Velikaya (chapda) hamda Sofiya Pozdnyakov (o‘ngda) o‘zaro kuch sinashdi, yakunda Pozdnyakova olimpiada chempioni bo‘ldi. 26-iyulFoto: Reuters
urinmoqda. “Tolibon” hokimiyat tepasiga qaytgach Kobul aeroporti ma’lum vaqt davomida Afg‘onistondan chiqib ketishga imkon beruvchi yagona hududga aylandi. 16-avgust" data-action="zoom" class="border lazyload" />
“Tolibon” harakati a’zolari Kobuldagi prezident qarorgohida. Toliblar Afg‘onistonda hukumatni egallagan, Ashraf G‘ani esa xorijga qochib ketgandi. 15-avgustFoto: AP Photo
34 yoshli sotsiolog (jamiyatshunos) Habib Farzad toliblar 2021-yil avgust oyida mamlakatni egallab, uni hibsga olganidan keyin uni qiynoqqa solgani, kaltaklaganini bildirib, qiynoqlardan keyingi holatini ko‘rsatmoqda. 11-sentabrFoto: Los Angeles Times
Pxenyanda KXDRga asos solinganiga 73 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tunggi parad. Kimyoviy himoya kostyumlarida va tibbiyot respiratorlarini taqib olgan kolonna. 9-sentabrFoto: AFP
AQSh chegara partuli xodimi Gaitidan kelgan muhojirning futbolkasidan tortqilamoqda. Migrant Rio-Grande daryosi orqali AQSh-Meksika chegarasiga kelgan. 2021-yil sentabr oyida Texasdagi Del-Rio shahrida 10 mingga yaqin gaitilik muhojirlar lager tuzgan, ular AQShga Meksika orqali kirib kelgandi. Ot mingan patrulning ularni ta’qib qilishi AQSh jamoatchiligining noroziligiga sabab bo‘lgan. 19-sentabr.Foto: AFP
Turkiyadagi Marmar dengizi qirg‘oqlaridagi bolalar. Ularni dengiz suvi ustidagi g‘alati qobiqni yorib cho‘milmoqda. Qobiq fitoplanktonlarning suv ifloslanishi va havo haroratining isishi ta’sirida ko‘payishi oqibatida yuzaga keladi. 2021-yilda Marmar dengizining bunday “dengiz mishig‘i” bilan qoplanishi tarixdagi eng katta miqyosdagi shunday hodisalardan biriga aylandi. 11-iyunFoto: Getty Images
suv toshqinlaridan keyin bedarak yo‘qolganlar, talafot ko‘rganlarni izlamoqda. Germaniya g‘arbidagi Reynland-Pfalts va Shimoliy Rey-Vestfaliya federal hududlarida suv toshqini va sel kelishi oqibatida 180 dan ziyod odam halok bo‘ldi. 15-iyul" data-action="zoom" class="border lazyload" />
yemish izlayotgan filni suratga olgan. Bu filning birinchi marta mehmonga kelishi emas, u iyulda yana Xuaxindagi boshqa uyga kelgan va mushuklar yemini yeb qo‘ygan. 20-iyun" data-action="zoom" class="border lazyload" />
Lourens Shults Kaliforniyadagi milliy parkda nihollar o‘tkazish bo‘yicha Archangel Ancient Tree Archive ekologik tashkilotining ekspeditsiyasida “Uch opa-singil” nomi bilan tanilgan ulkan daraxtlarga tirmashmoqda. Sekvoylar — dunyodagi eng baland va qadimgi daraxtlardan hisoblanadi. Ular kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli yo‘qolib ketish arafasida. 26-oktabrFoto: AP Photo
“Dojd” telekanali bosh muharriri Tixon Dzyadko kechki xabarlarni o‘qishga tayyorlanmoqda. Uning ro‘parasidagi monitorlarda telekanalga ham berilgan “xorijiy agent” maqomi haqidagi tushunchalar yozilgan. 31-avgustFoto: Meduza
“Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov Nobel mukofoti laureati bo‘lganidan keyin tahrririyatga kirib kelmoqda. 8-oktabrFoto: “Dojd” telekanali / Denis Kaminev
Aleksey Navalniy videoaloqa orqali koloniyada o‘zini ekstremizmga moyil deb ro‘yxatga olingani yuzasidan bildirgan shikoyatining ko‘rib chiqilishida ishtirok etmoqda. Shikoyatni Vladimir viloyatining Petushinskiy tuman sudi ko‘rib chiqqan, biroq bu borada yakuniy qaror hanuzgacha e’lon qilinmagan. 9-dekabrFoto: Meduza / Yevgeniy Feldman
to‘plandi va chegarani kuch bilan buzib o‘tishga urindi. 10-noyabr" data-action="zoom" class="border lazyload" />
Belarus hamda Polsha chegarasidagi Yaqin Sharq mintaqasidan kelgan migrantlar. Muhojirlarning ommaviy ravishda Belarusga kelishi va bu yer orqali Yevropa Ittifoqiga o‘tishga urinishi oqibatidagi migratsiya inqirozi 2021-yil bahorida boshlangan. Inqiroz noyabrga kelib keskinlashdi minglab muhojirlar Belarus – Polsha chegarasida to‘plandi va chegarani kuch bilan buzib o‘tishga urindi. 10-noyabrFoto: Reuters
Gretsiyanign Evbiya orolida yashovchi 81 yoshli Ritsoppi Panayota mamlakatdagi qurg‘oqchilik, issiq iqlim oqibatida yuzaga kelgan va oxirgi 30 yildagi eng kuchi o‘rmon yong‘inlarining uyi tomon yaqinlashib kelayotganini kuzatmoqda. 8-avgustFoto: Bloomberg
Kanar orollaridagi Kumbre-Vyexa vulqonidan keyin kul bilan qoplangan uy. Vulqon qariyb uch oy davomida otildi va Palma orolini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubordi. 30-oktabrFoto: AP Photo
AQShning SpaceX kompaniyasi Crew Dragon yer atroifda uchuvchi noprofessional ekipajini koinotga chiqarganidan keyin Falcon 9 o‘tkazgich-raketasining birinchi pog‘onasi Yerga qaytmoqda. Inspiration 4 fazo missiyasining ishtirokchilari: 29 yoshli shifokor assistenti Mefis Xeyli Arseno, 38 yoshli milliarder va Shift4 kompaniyasi rahbari Jared Ayzekman, 42 yoshli muhandis va AQSh harbiy havo kuchlari faxriysi Kris Sembroski hamda 51 yoshli geologiya professori Sian Proktor bo‘ldi. 15-sentabrFoto: Inspiration4
Kentukki shtatida yuz bergan tornado oqibatida vayron bo‘lgan Meyfild shahridagi teatr binosi. 10 – 11-dekabrda AQSh o‘rta g‘arbida bir nechta tornadolar sodir bo‘lgan. 18-dekabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra beshta shtatda kami 93 nafar odam halok bo‘lgan, Kentukkidagi qurbonlar orasida 2 oylik chaqaloqdan 98 yoshli qariyagacha borligi ma’lum qilingan. 13-dekabrFoto: Bloomberg
Izoh (0)