Farg‘onadagi ulkan bayroq, qorga botgan Saxalin, qayta tiklanayotgan Qozog‘iston. 13-yanvar suratlari
Dunyo bo‘ylab 13-yanvar kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligidagi hovuzda baliq ovlayotgan qush va uning suvda aks etayotgan qanotlari.Foto: Legion Media
Farg‘onada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hajmi 1100 kvadrat metr bo‘lgan bayroq askarlar tomonidan shahar ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tildi.Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov
Bali orolidagi Ubud qishlog‘ida guruch yig‘ayotgan dehqonlar.Foto: Legion Media
Saxalin viloyatida ikki kundan beri qor bo‘roni va kuchli shamol kuzatilmoqda.Foto: “TASS”
Braziliyaning Raposos shtatidagi Minas-Jerais tumanida kuchli yomg‘irdan keyin tekshiruv ishlarini olib borayotganda vayronalar tagidan avliyo haykalini topib olgan o‘t o‘chiruvchi.Foto: Getty Images
Moskvadagi “Manej” markaziy ko‘rgazmalar zalida “Viktor Soy. Qahramon yo‘li” ko‘rgazmasi ochildi.Foto: “TASS”
Shimoliy Vollodagi (Efiopiya) Mersea boshlang‘ich maktabining kutubxonasi Tigray xalq ozodlik fronti tomonidan bosib olinganidan keyin talon-toroj qilingan. Maktab TPLF jangchilari uchun vaqtinchalik lager bo‘lib xizmat qilgan.Foto: Getty Images
Londondagi Parlament binosida restavratsiya ishlari davom etmoqda.Foto: Reuters
Sofiyada COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha hukumat choralariga qarshi mitingda qatnashayotgan erkak jonli efir uchun bir nechta qurilmalardan foydalanmoqda.Foto: Reuters
Izoh (0)