Mirzo Ulug‘bek tumanining obodonlashtirish bo‘limi xodimlari.Foto: “Daryo” / Xonzodabegim A’zamova
Xitoycha oy taqvimi Yangi yili oldidan Londondagi “Chaynatoun”.Foto: Getty Images
Yangihayot tumanidagi 8-sonli maktab hovlisida yog‘ingarchilik va chang ob-havodan asrash uchun usti plyonka bilan o‘rab qo‘yilgan Abdulla Avloniy tasviri hamda uning tarbiya to‘g‘risida aytgan ibratli so‘zlari aks etgan kitob haykali.Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti binosi ro‘parasidan o‘z yuklarini aravachaga joylab, tortib ketayotgan odam.Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Polshaning Kolobrzeg shahri sohilidagi bo‘ron.Foto: EPA
Kanadada yuk tashuvchilarning “Ozodlik karvoni” norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Kiyevda tinch aholi o‘rtasida mudofaa bo‘yicha harbiy mashqlar o‘tkazilmoqda.Foto: “TASS”
Qori Niyoziy ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli binolarning orqasidagi hududda to‘planib yotgan chiqindi uyumi. Xuddi shu manzildan biroz pastroq tushilganda chiqindixona mavjudligini ko‘rish mumkin.Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Boris Jonson Tilberi doksiga tashrif buyurganida elavatorni boshqarib ko‘rdi.Foto: PA
Zaragoza osmonidagi gala qushlar. Ular tongda g‘arbga uchib, shaharni tark etadi va quyosh botishi bilan bog‘lar va daraxtlarda uxlash uchun qaytib keladi.Foto: EPA
Chili shimolida noqonuniy migratsiya va jinoyatchilikka qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishlarga venesuelalik muhojirlarning politsiyachilarga hujumi sabab bo‘lgan.Foto: EPA
Izoh (0)