“Anorbank” Toshkent shahrida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan “Qish mo‘jizasi” yangi yil bayram shousiga homiylik qildi.Bayram tadbirida Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax va Sirdaryodagi mehribonlik uylarida tarbiyalanayottgan 700 nafar bola ishtirok etdi. Bayram shousida bolalar uchun qorbobo va qorqiz chiqishlari hamda “Qor malikasi” nomli musiqali spektakl namoyish qilindi.
Klassik ertak syujeti zamonaviy raqslar va yorug‘lik shousi bilan boyitilgani barcha bolalarga manzur bo‘lib, ularga chinakam yangi yil kayfiyatini baxsh etdi.
Yangi yilni sovg‘alarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, albatta! Shuning uchun, spektakl yakunida bolalarga maxsus tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi.Eslatib o‘tamiz, “Anorbank” xayriya tadbirlarini birinchi marta o‘tkazayotgani yo‘q. Har yili 22-avgust – bank tashkil topgan kun munosabati bilan Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bayram tashkil etiladi.Bundan tashqari, “Anorbank” Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida har yili o‘tkaziladigan “Samarqand xayriya marafoni” faol ishtirokchi hisoblanadi. Mazkur marafonning maqsadi – madaniyat va san’at obyektlarida inklyuzivlik muammosiga e’tibor qaratish, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirishdan iborat.
Ma’lumot uchun, “Anorbank” 2020-yil 22-avgustda bank litsenziyasini olgan birinchi mahalliy tijorat raqamli bank bo‘lib, sentabr oyidayoq to‘liq faoliyat yuritishga kirishdi va onlayn xizmatlar ko‘rsatishni boshladi.
“Anorbank” jismoniy va yuridik shaxslarga bankka bormasdan turib, to‘liq bank xizmatlarini taqdim etadi. Barcha xizmatlarni veb-saytda, mobil ilovada yoki oddiygina kechayu kunduz ishlaydigan aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish orqali olish mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)