AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Gavayi qirg‘oqlari yaqinida, AQSHning eksklyuziv iqtisodiy zonasida Rossiya kemasini aniqlaganini, kema razvedka ma’lumotlarini yig‘ayotganini da’vo qilmoqda.
Muassasaning ta’kidlashicha, xodimlar bir necha haftadan buyon Rossiya kemasini kuzatmoqda, shuningdek, o‘z harakatlarini AQSH Mudofaa vazirligidagi hamkorlari bilan muvofiqlashtirmoqda.
AQSH qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Rossiyaning josuslik kemasi deb aytilayotgan kema videosini e’lon qildi.
https://twitter.com/USCGHawaiiPac/status/1615867407159136256
Izoh (0)