O‘zbekistonda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur sana 1925-yil Jeneva shahrida bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan va oradan 25 yil o‘tib, yaʼni 1950-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab bayram qilinadi.
“Daryo” nashri “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati bilan hamkorlikda o‘tgan asrda bolalar kuni aks etgan fotosuratlardan ayrimlarini jamladi.

Bolalar kuni
1959-yil, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani

Maktab o‘quvchilari ko‘rgazmada
1953-yil, Toshkent shahri

Kichik Toshkent temiryo‘lida bolalar
1954-yil, Toshkent shahri

Bolalar skitl o‘ynashmoqda
1954-yil, Toshkent shahri

Bolalarni himoya qilish kuni: “Lyubochkaning qo‘g‘irchog‘i kasal bo‘lib qoldi”
1957-yil, Toshkent shahri

Toshkent shahridagi 164-maktab xorining Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida konsertda chiqishi. Undan tushgan mablag‘ Chernobil avariyasiga yordam jamg‘armasiga o‘tkazilgan.
1986-yil, Toshkent shahri

“Yoshlik” bal raqs ansamblining Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida konsertda chiqishi. Undan tushgan barcha mablag‘ Chernobilga yordam jamg‘armasiga o‘tkazilgan.
1986-yil, Toshkent shahri

Chilonzor tumanidagi 406-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan konsert dasturida qatnashmoqda,
1986-yil, Toshkent shahri
Izoh (0)