Bojxona qo‘mitasida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi barpo etildi. 29-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu majmuani borib ko‘rdi.
Prezident Bojxona rasmiylashtiruvi markazi bilan tanishar ekan, tizim korrupsiyadan holi bo‘lishi zarurligini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Birinchi tarmoq bojxona korrupsiyadan holi hudud bo‘ladi. Men oylik, uy, sharoit va bolalaringni o‘qish bilan taʼminlayman. Faqat o‘g‘rilik qilmasalaring, shunga munosib bo‘lsalaring bo‘ldi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Maʼlum qilinishicha, markaz amaldagi zaxiraga nisbatan o‘n barobar katta hajmli zamonaviy serverlar, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan. Bu aloqa kanallari tezligini 5 barobarga oshirish va rasmiylashtiruv vaqtini 2 barobarga qisqartirishni taʼminlaydi.
Izoh (0)