Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi Mix Alpha konseptual smartfonini namoyish etdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Uning eng asosiy o‘ziga xosligi — korpusni to‘liq qamrab olgan ekranidir. Displeyning maydoni qurilma hajmining 180 foizini tashkil etadi.
https://twitter.com/Xiaomi/status/1176478891331981312
Smartfonning orqa panelida turli axborot, masalan, ob-havo ma’lumoti yoki navigator aks etib turadi.
https://twitter.com/Xiaomi/status/1176486441246806019
Yon panelda batareya quvvati va tarmoq signali indikatorlari, shuningdek, ovozni baland-past qilish sensor tugmalari joylashgan.
https://twitter.com/Xiaomi/status/1176482666574569472
Orqa panelda Samsung’ning Xiaomi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 108 megapikselli kamerasi joylashgan. Qurilma, shuningdek, 20 megapikselli ultrakeng burchakli obyektiv va 12 megapikselli teleobyektivga ham ega. Telefonning old kamerasi yo‘q.
Smarfon 5G tarmoqda ishlay oladi, operativ xotirasi 12 gigabaytga, ichki xotirasi esa 512 gigabaytga teng. Batareyasining quvvati 4050 milliamper-soatga teng.
https://twitter.com/Xiaomi/status/1176427606490542081
Mi Mix Alpha smartfoni 2019-yilda cheklangan miqdorda chiqariladi. Telefonning narxi 19 999 yuan (2800 dollar)ga teng. Taqqoslash uchun, iPhone 11 ning 64 gigabaytli versiyasi AQShda bundan to‘rt barobar arzon — 700 dollardan sotilmoqda.
Izoh (0)