Redmi 10 X va 10X Pro smartfonlari o‘zidan oldingi Mi 10 Youth Edition modelidan qimmatroq bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda va uning bir qator xususiyatlari yaxshilangan, deb xabar beradi IXBT.
Bu safar Redmi o‘zining yangi modelini noodatiy usulda reklama qilishga qaror qildi. Ushbu smartfonlar jismoniy ta’sirdan himoya borasida birorta sertifikatga ega emas, biroq reklama videosidan ko‘rish mumkinki, model ancha mustahkam yaratilgan.
https://twitter.com/Sudhanshu1414/status/1265898162809532416
Reklama roligida Redmi 50 km/soat tezligida uchirilgan meva va sazbavotlar “hujumiga” qarshi turib bergan. Gorilla Glass 5 oynasi sabab shundan so‘ng ham smartfonga hech qanday shikast yetmagan. Albatta, rolik uyushtirilgan va aslida qanday bo‘lganini bilishning iloji yo‘q, biroq Redmi o‘ziga xos rolik bilan odamlar e’tiborini jalb qilishga erishdi.
Izoh (0)