Floridada qulab tushgan 13 qavatli bino vayronalari ostidan 150 dan ortiq kishi qidirilmoqda (foto)
24-iyun kuni ertalab Mayami tashqarisidagi Syorfsayd shaharchasida 135 ta xonadondan iborat 13 qavatli bino qulab tushdi. 26-iyun kuni kechga kelib, besh kishining jasadi topildi, ikki yarador esa og‘ir ahvolda yotibdi. 156 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bino nima sababdan qulab tushgani noma’lum. Bundan 40 yil avval qurilgan ushbu bino ikki yil oldin tekshirilgan vaqtida “qurilmaning jiddiy shikast ko‘rgani” aniqlangan edi, deb yozadi Meduza.
Qulab tushgan binoni tez orada ta’mirlab, zanglab ketgan metall konstruksiya va nurab tushayotgan betonni almashtirish rejalashtirilgan ediFoto: Reuters
Qutqaruvchilar 13 qavatli bino vayronalari uyumini ko‘zdan kechirmoqdaFoto: AP Photo
Xonalardan biridan qolgan vayronalar. Bino qulab tushganidan keyin butun uyning chorak qismigina saqlanib qoldiFoto: AP Photo
Qutqaruvchilar yo‘qolganlarni vayronalar ostidan qidirmoqda, 2021-yil 25-iyun. 26-iyun kuni kechga kelib, faqat ikki nafar og‘ir yarador topildi. Yana 35 kishi binoning butun qolgan qismidan qutqarib olindiFoto: AFP
Qutqaruvchilar marhumning jasadini vayronalardan chiqarib olmoqda, 2021-yil 24-iyunFoto: AFP
Vayronalar uyumi va binoning butun qolgan qismiFoto: ZUMA
Fojia joyida improvizatsiya qilingan yodgorlikda bedarak yo‘qolganlarning suratlari turibdi. Qulash chog‘ida binoda bo‘lgan odamlarning aniq soni noma’lum. Majmuada yashovchi 156 kishining qayerda ekanligi aniqlangani yo‘q va politsiya fikricha, “eng yomon voqealar rivojiga tayyor turish kerak”Foto: AFP
Syorfsayd plyaji (Mayami Bichning davomi) va atrofdagi ko‘chalar bino qulab tushganidan keyin yopib qo‘yildiFoto: AFP
Ayol Syorfsayd plyajida halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar uchun duo o‘qimoqdaFoto: Reuters
Syorfsayd aholisi qurbonlar va yo‘qolganlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlamoqdaFoto: ZUMA
Mayami markazidagi The Paramount Miami Worldcenter binosi Syorfsaydda halok bo‘lganlar xotirasiga “Bitta dunyo, bitta duo” yozuvini namoyish qilmoqda. Yozuv bedarak yo‘qolganlarning barchasining taqdiri aniq bo‘lguniga qadar har kuni kechqurun namoyish etiladi Foto: AP Photo
Izoh (0)