Oziq-ovqat kutayotgan afg‘on ayollari, buldoglar go‘zallik tanlovi, yangi tug‘ilgan gorilla. 26-aprel suratlari
Dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Ayova shtatidagi Drake universitetida buldoglar go‘zallik tanlovi.Foto: “TASS”
Toshkent hayvonot bog‘ida lamaga o‘simlik tutayotgan bola.Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Qozon shahrida suzish bo‘yicha Rossiya chempionati bo‘lib o‘tdiFoto: “TASS”
Toshkentning Magic City bog‘idagi Misr manzaralari aks etgan hududdagi ulkan ustunga tirmashib chiqishga urinayotgan qizaloq.Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Quddusning g‘arbidagi Elax vodiysida joylashgan lolazor.Foto: EPA
Toshkentdagi “Kamolon” masjidiga kelgan bolakaylarning oyoq kiyimlari.Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Germaniyaning Leyptsig shahrida gullagan gilos.Foto: Getty Images
Pxenyanda Koreya xalq armiyasi tashkil topganining 90 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Tokiodagi “Dino Safari” shousi.Foto: EPA
Nepalda so‘nggi 24 soat ichida koronavirus bilan bog‘liq 19 ta yangi holat qayd etildi.Foto: “TASS”
Syurixda an’anaviy “Olti halqa” bahor festivali bo‘lib o‘tdi.Foto: EPA
Saudiya Arabistoni gumanitar yordam guruhi tomonidan Kobuldagi markazda tarqatilayotgan oziq-ovqat paketini olishni kutayotgan afg‘on ayollari.Foto: Reuters
Angliyadagi hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan gorilla bolasi.Foto: “TASS”
Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatida nemis politsiyasi yangi xodimlarining qasamyod marosimi.Foto: EPA
Italiya janubidagi Terlizzi shahridagi diniy marosim.Foto: Getty Images
Toshkentning Magic City bog‘ida akula ko‘rinishidagi yumshoq o‘yinchog‘ini o‘ynab, o‘pib ketayotgan bolakay.Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Dover porti yaqinida navbatda turgan yuk mashinalari .Foto: AFP
G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida Ramazon hayiti oldidan bozorda sotiladigan tuzlangan baliq tayyorlayotgan falastinlik erkak.Foto: Reuters
Kaliforniyadagi Twitter shtab-kvartirasida yostiqlar. Twitter aksiyalari narxi kompaniya Ilon Mask tomonidan sotib olingani haqida e‘lon qilinganidan keyin ko‘tarildi.Foto: Bloomberg
Izoh (0)