Fotoreportaj: Iroq va Kuvayt qum bo‘roni ostida qoldi
Iroqqa yopirilgan kuchli qum bo‘roni oqibatida mingdan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi “RBK”. Mamlakatning ko‘plab hududlarini qoplagan bo‘ron sababli uchta xalqaro aeroport, shu jumladan, Bag‘dod aeroporti ham yopildi. Hukumat 23-may, dushanba kunini dam olish deb e’lon qildi.
Bo‘ron, shuningdek, Kuvaytning bir nechta tumanlarida ham kuzatildi, aeroportlar faoliyatini izdan chiqarib, katta ko‘lamli jamoat tadbirlari bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridagi shunday bo‘ronlardan keyin Fors ko‘rfaziga yopirilgan qum bo‘ronlari ketma-ketligining so‘nggisi bo‘lib turibdi.
Sinoptiklar qum bo‘roni bilan bog‘liq changli sharoitlar tufayli xavfli ob-havo haqida umummilliy ogohlantirish e’lon qildi. Noqulay ob-havo sharoitlari 48 soat mobaynida — 25-mayga qadar saqlanib qoladi. Kuvayt, Fors ko‘rfazi sohili, 2022-yil 23-mayFoto: EPA/“TASS”
Bag‘doddagi kasalxona, Iroq, 2022-yil 23-mayFoto: AP Photo
Ayollar qum bo‘roni chog‘ida An-Najafdagi Imom Ali masjidi yonida, Iroq, 2022-yil 23-mayFoto: Reuters
Bag‘dod, Iroq, 2022-yil 23-mayFoto: Reuters
Kuvayt minoralari, shaharning asosiy ko‘zga ko‘ringan nuqtalaridan biri, chang bilan qoplangan, 2022-yil 23-mayFoto: EPA/“TASS”
Arab shoiri al-Mutanabbiyning haykali, Bag‘dod, Iroq, 2022-yil 23-mayFoto: Reuters
Izoh (0)