Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida bank mas’uli fuqaroga chorva uchun ajratilgan 20 million so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi, fuqaro esa olmagan krediti uchun foiz to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 17-may kuni “Agrobank”ning Dehqonobod filiali tomonidan Gulzoda Boyqulovaga chorva uchun 20 million so‘m kredit rasmiylashtirilgan va “Shoyimov Do‘stqobil” fermer xo‘jaligi tomonidan chorva mollari ajratib berilgan.

Biroq chorva mollari fuqaroga yetib bormagan. Ta’kidlanishicha, bank mas’ul xodimi Zafar Boymurodov ta’minotchidan olingan chorva mollarini o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

“Zafar ismli bank xodimi biz uchun ajratilgan chorva kreditiga olingan qo‘ylarni mijozga olib borib beraman, deb ta’minotchidan olib ketgan. Biz esa bundan bexabar qolganmiz. Bank bergan chekni olib, qachon bizga chorva berisharkan, deb yuraverganmiz”, — deydi Gulzoda Boyqulovaning kelini Rushana Ermatova.

Foto: “Daryo”

Gulzoda Boyqulova nomiga rasmiylashtirilgan kredit hujjatlarini kelini Rushana Ermatova tayyorlagan va bu jarayonda unga o‘sha paytda bank boshqaruvchisi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Boymurodov ko‘maklashgan. Barcha hujjatlarda Gulzoda Boyqulova imzosi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kreditga bank mas’uli ega chiqqan.

Qayd etilishicha, bankka taqdim etilgan hujjatlarda fuqaro Gulzoda Boyqulovaning chorva mollari oldida tushgan rasmi ham ilova qilinib, fuqaro mollarni olgani aytilgan va bank ta’minotchiga kredit mablag‘ini to‘lab bergan. Ta’minotchi esa pulni olgach, mollarni Zafar ismli bank xodimiga topshirgan.

“Zafar bizga qo‘yni oldida rasmga tushishimizni, shunday qilsak kredit tezroq berilishini aytdi. Shuning uchun ham Gulzoda opamni toqqa olib chiqib, qo‘ylarning oldida o‘zim rasmga tushirdim va bankka berdim. Keyin bilsam, Zafar shu rasmni ko‘rsatib bankdan pulni chiqarib, ega chiqqan”, — deydi Rushana Ermatova.

Gulzoda Boyqulova

Gulzoda Boyqulova
Foto: “Daryo”

“Agrobank”dan ma’lum qilishlaricha, Zafar Boymurodov ismli shaxs hozirda ushbu moliya muassasasida ishlamaydi, u ishdan bo‘shatilgan. Bank rahbariyati sobiq xodimning mazkur qilmishini kredit foizi to‘lanmayotgani haqida fuqaroga ogohlantirish xati bergach bilgan va bu haqda tuman prokuraturasiga ma’lum qilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i Husniddin Amirqulovning ma’lumot berishicha, sobiq bank xodimi Zafar Boymurodovning ustidan nafaqat Gulzoda Boyqulova, balki boshqa bir necha fuqaro ham shikoyat qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari davom etyapti, tez orada holat bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Husniddin Amirqulov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »