Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Chilonzor tumanida xitoylik ayolga tegajog‘lik qilgan santexnikka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda shahar sudi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

Aytilishicha, 2023-yil 1-noyabr kuni chet el fuqarosi, xitoylik ayol Chilonzor tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda yashash uyiga santexnik ishlarini bajarish uchun kelgan fuqaro U.S. shilqimlik qilib, qo‘lidan ushlab, quchoqlab olganini maʼlum qilgan. Unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sud majlisida so‘ralgan fuqaro yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini, yengillik berishni so‘radi. Uning mazkur huquqbuzarlikni sodir qilgani, uning o‘z aybiga iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvi, IIO xodimining bildirgisi, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, tushuntirish xatlari, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar va ish materiallarida mavjud bo‘lgan dalillar bilan to‘liq tasdig‘ini topdi.

Erkak Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »