Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

18-mart kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putin prezidentlik saylovida ovozlarning 99,76 foizi ko‘rib chiqilgan holatda 87,29 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
Foto: Reuters
Londondagi Rossiya elchixonasi oldida Rossiyada prezidentlik saylovlarining so‘nggi kunida ovoz berish uchun navbatda turgan paytda “Mening prezidentim Aleksey Navalniy” deb yozilgan plakatni ushlab turgan qiz.
Foto: Reuters
London shimolida ko‘cha rassomi Benksining yangi ishi paydo bo‘ldi.
Foto: Reuters
Jakartada Indoneziyadagi prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganligiga qarshi norozilik namoyishi.
Foto: Reuters
Ispaniyalik Karlos Alkaras Kaliforniyaning Indian-Uells shahrida tennis bo‘yicha BNP Paribas Open turnirining erkaklar o‘rtasidagi finalida Danil Medvedevni mag‘lubiyatga uchratdi.
Foto: Reuters
Isroil va HAMAS o‘rtasida davom etayotgan mojarolar fonida G‘azodan tutun ko‘tarilmoqda. 
Foto: Reuters
AQSH—Meksika chegarasining yuqoridan ko‘rinishi.
Foto: Reuters
Rio-de-Janeyroda havo harorati Selsiy bo‘yicha 40,4 darajaga yetdi.
Foto: Reuters
Marhum muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya va uning matbuot kotibi Kira Yarmish Rossiyadagi prezidentlik saylovlarining so‘nggi kuni Berlindagi Rossiya elchixonasi oldida ovoz berish uchun navbatda turibdi.
Foto: Reuters
Kalkuttada qurilayotgan bino qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi.
Foto: Reuters
“Soyuz-2.1a” raketasini Boyqo‘ng‘ir kosmodromining uchirish majmuasiga tashish jarayoni.
Foto: Reuters
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida prezidentlik saylovining so‘nggi kunida saylov uchastkalari yopilganidan keyin saylov komissiyasi a’zolari foydalanilmagan byulletenlarni yo‘q qildi.
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »