Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) prezidenti Filipp Diallo sobiq futbolchi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Foto: Getty Images

“Zidan fransuz futbolining afsonalaridan biri. Birinchi navbatda, fransuzlar uchun qilgan barcha ishlari uchun unga minnatdorchilik bildirishimiz zarur. Ammo bizda Fransiya terma jamoasi uchun 2026-yilgacha qoladigan murabbiy mavjud va u jamoa bilan birga ishlamoqda”, — deya Dialloning so'zlarini keltiradi “Sport.es” nashri.

Eslatib o‘tamiz, Zidanning oxirgi ish joyi “Real Madrid” bo‘lib, u klubni 2021-yilning yozida tark etgan edi.

Avvalroq OAVda 52 yoshli mutaxassis Fransiya terma jamoasidan tashqari “Marsel”, shuningdek, “Manchester Yunayted”ni ham boshqarishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Fransiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Didye Desham hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »