Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namanganda Navro‘z ayyomi ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyat markazi — Namangan shahridagi bayram tantanalari Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog‘ va “Afsonalar vodiysi” parkida nishonlandi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Bu ikki manzil viloyatning turli hududlaridan kelgaan minglab namanganliklar va mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Tadbirlar davomida milliy o‘yinlar va udumlar, sport musobaqalariga keng o‘rin berildi. Yigitlar arqon tortish, varrak uchirish, tosh ko‘tarish va kurashda bellashgan bo‘lsa, qizlar bahor gullaridan chambarak tayyorlash, do‘ppido‘zlik, o‘sma qo‘yish va jozibali raqslarni maromiga yetkazdi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Ayyom kuni o‘nlab qozonda sumalak qaynadi, palovlar bayramona bezatildi. Ushbu taomlar maxsus idishlarga solinib, mahallalarga va talabalar turar joylariga yetkazildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Bayramda turli millat vakillari ham faol qatnashdi. Viloyatdagi milliy madaniyat markazlari vakillarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Bayram bahona bolakaylarning xatna to‘ylari o‘tkazildi. Ular shahzodalardek kiyintirilib, sovg‘a-salom, to‘yonalar berildi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Namangandagi bayram tadbirlarida taniqli sanʼatkorlar, yosh ijrochilar, folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari isteʼdodlarini namoyish etdi. Xalqona kuy-qo‘shiqlar, o‘lan-laparlar jarangladi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi mutasaddilari bayram tadbirlarida ishtirok etib, ularning qatnashchilari bilan muloqotda bo‘ldi.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Namanganda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sayllar va tadbirlar davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »