Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, umumiy hisobda 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortig‘i soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda. 

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:

  • 1 million so‘mgacha — 104 241 nafar;
  • 1 milliondan 2 mln so‘mgacha — 24 350 nafar;
  • 2 milliondan 5 mln so‘mgacha — 23 817 nafar;
  • 5 milliondan 10 mln so‘mgacha — 7 887 nafar;
  • 10 milliondan 15 mln so‘mgacha — 1 180 nafar;
  • 15 million so‘mdan yuqori — 189 nafar.

Faoliyatini qonuniylashtirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »