Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar tomonidan jami ko‘rsatilgan xizmatlar soni 18,3 milliondan oshdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band bo‘lmagan shaxslar faoliyatini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish bo‘yicha boshlangan ishlar yil so‘ngiga borib o‘zining ilk samarasini berdi.

Birinchidan, bozorning eng katta ishtirokchilari soliq tizimlari bilan integratsiya qilinib, taksi xizmatlari uchun fiskal chek berilyapti. Ikkinchidan, yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad to‘g‘risidagi maʼlumotlar hisobga olina boshlandi (mehnat staji, ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni bo‘lib to‘lash...).

2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 million tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. 2024-yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 millionga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Fevral oyida bu raqamlar yanada o‘sdi. 2024-yil 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar tomonidan jami ko‘rsatilgan xizmatlar soni 18,3 milliondan oshdi. Shundan 8,9 milliontasi fevral oyiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta bo‘lib, bitta haydovchiga o‘rtacha 8,5 million so‘mdan to‘g‘ri kelgan.

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida byudjetga 9,7 milliard so‘m soliqlar to‘landi.

Qo‘mita bu yo‘nalishda yechimini kutayotgan va oxiriga yetkazilishi kerak bo‘lgan yana bir qator masalalarni keltirib o‘tdi. Xususan:

  • Toshkentda va hududlarda faoliyat yuritayotgan barcha mahalliy va xorijiy onlayn-agregator tizimlarni integratsiya qilish;
  • qisqa raqamlar orqali yo‘lovchi tashish bilan rasman ro‘yxatdan o‘tib yoki o‘tmasdan, qonunchilik talablarga to‘liq javob bermaydigan yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatlini qonuniylashtirish;
  • lozim holatlarda ulardan takliflar olinib, faoliyatlarini qonuniylashtirish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar loyihasi tayyorlash.

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirish faol davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »