Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda Yandex Go xizmatlari orqali olingan daromadlarning 84 foizi haydovchilarda qoladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda

Foto: “Daryo” 

Yandex.Taxi ilovasini taqdim etuvchi Ridetech International B.V. kompaniyasi (30.06.2020 yilgacha Yandex.Taxi BV deb nomlangan) Niderlandiya Qirolligining rezidenti hisoblanadi.

O‘zbekiston Soliq kodeksiga muvofiq, kompaniya xizmatlarini realizatsiya qilganlik uchun QQS va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan norezident daromadlaridan olinadigan soliq to‘lashi shart.

Chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksi 255-modda).

Ridetech International B.V. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslariga xizmatlarni realizatsiya qilishi hisobga olinganda, soliq agentlari transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalar — agregatorlar hisoblanadi.

Bugungi kunda Respublikamizda Yandex.Taxi xizmati ko‘rsatishni tashkil etuvchi 135 ta yo‘lovchi tashish agregatori (korxona) mavjud.

2021—2022-yillar uchun 135 ta agregatorning Yandex.Taxi platformasi orqali O‘zbekistonda xizmatlar ko‘rsatishdan olingan umumiy daromadi 1 trln so‘mni tashkil etib, quyidagicha taqsimlangan:

  • 84 foiz yoki 889,6 mlrd so‘m — jismoniy shaxslarga;
  • 5 foiz yoki 53 mlrd so‘m agregatorlarga;
  • 11 foiz yoki 116,5 mlrd so‘m — Ridetech International B.V.

Ridetech International B.V. tomonidan 2021—2022-yillarda agregatorlarga ko‘rsatilgan jami 116,5 mlrd so‘mlik xizmatlar uchun soliq agentlari tomonidan 17,5 mlrd so‘m QQS hisoblangan va budjetga to‘langan.

Ridetech International B.V. (Niderlandiya) kompaniyasining taksi kompaniyalariga Yandex.Taxi dasturidan foydalanish huquqini berishdan olgan daromadlari royalti sifatida tan olinadi va norezident daromadlariga soliq solinishi kerak.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2001-yil 18-yanvarda tuzilgan daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapitalga soliq solishdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq, royalti tarzidagi daromadlarga soliq stavkasi 0 foizgacha kamaytiriladi.

Shu munosabat bilan Ridetech International B.V.ning O‘zbekistondagi manbalardan olingan daromadlari O‘zbekistonda soliqqa tortilmaydi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kutbiyev O‘zbekiston ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish bo‘yicha 54 mamlakat bilan shartnomalar imzolagani, bu xalqaro shartnomalarga so‘zsiz amal qilish kerakligini ma’lum qildi

Yandex.Taxi xizmatiga O‘zbekistonda 81 mingdan ortiq fuqaro-haydovchi ulangan bo‘lib, tuzilgan shartnomalarga ko‘ra jami daromadning 84 foizi ushbu fuqarolarda qolmoqda.

Xususan, 2021—2022-yillarda mazkur fuqarolarda daromadi sifatida 889,6 mlrd so‘m mablag‘ qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2020-yil 8-iyunda qabul qilingan PQ-4742-son Qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 78 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Xususan, ushbu ro‘yxatga haydovchi o‘rindig‘idan tashqari to‘rttadan ortiq o‘rindiq mavjud bo'lmagan yengil avtomobillarda yo'lovchilarni tashish faoliyati ham kiritilgan.

Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga va yuqoridagi qarorning 1-bandiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxsning umumiy daromadiga kiritilmaydi.

Shu munosabat bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi fuqarolarning daromadlari to‘liq ularning ixtiyorida qolmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »