Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi YandexGo UB’ni bozorda ustun mavqega ega kompaniya sifatida tan oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita tomonidan yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoridagi raqobat muhiti va tegishli bozor ishtirokchilari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei o‘rganilgan. Bu 2023-yilning ikkinchi choragida (yaʼni 2022-yil natijalari bo‘yicha barcha yakuniy hisobotlar shakllangandan so‘ng) boshlangan.

O‘rganish davomida, yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozoriga veb-sayt yoki mobil ilova yordamida buyurtma berish hamda haydovchini topish imkonini beruvchi agregator xizmatlari va uning o‘rnini maʼlum daraja bosuvchi telefon orqali dispetcherlik xizmatlari bozori ham qamrab olingan.

Tahlil jarayonida respublika bo‘yicha jami 66 ta faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (korxona)dan 58 tasi dispetcherlik xizmati va 8 tasi mobil ilova orqali agregator xizmatini ko‘rsatayotgani maʼlum bo‘lgan.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, bozor ulushlari va ko‘rsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida eng katta bozor ulushi, yaʼni 86,3 foizi Yandex Go platformasi hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.

Shuningdek, bozorning konsentratsiyasi yuzasidan mazkur xizmat bozorida sanoqli ishtirokchilar jami xizmatning asosiy qismini ko‘rsatayotganini va bu bozordagi holat, jumladan, xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama taʼsir ko‘rsatish xavfi mavjudligi ham tahlil jarayonida aniqlangan.

Yandex Go ilovasi orqali ko‘rsatilgan taksi xizmatlarining 2022-yildagi moliyaviy natijalari yuzasidan rasmiy statistik maʼlumotlar Ridetech International B.V. kompaniyasi (Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan) tomonidan taqdim etilgan. 1-dekabrdan boshlab Yandex Go platformasining agregatorlik xizmatlari O‘zbekiston hududida soliq rezidenti — YandexGo UB MCHJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etilishi eʼlon qilindi. Ridetech International B.V. kompaniyasi YandexGo UB MCHJ bilan yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanib, shaxslar guruhi sifatida, bozorning yagona subyekti sifatida qaraladi.

Yuqoridagilarga muvofiq, 4-dekabr kuni qo‘mita tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan YandexGo UB MCHJ yo‘lovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyekt deb eʼtirof etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »