Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yo‘lovchi tashish bozorini tartibga solishdir.

1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekistonda o‘z faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylangandi. Qo‘mitaning bildirishicha, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi. 1—6-dekabr kunlari 13,5 milliard so‘mlik 800 483 ta chek shakllantirildi.

Soliq qo‘mitasi o‘z navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim bo‘lgan masalalar saqlanib qolayotganini ham qayd etib o‘tdi.

Birinchidan, taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali to‘lov qilinganda chek berilishi yo‘lga qo‘yilmagan. Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali to‘lov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi.

Ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti. Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yo‘lovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.

Shu bilan birga yo‘lovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 million nafargacha fuqaro to‘liq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish ko‘zda tutilgan.

Uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 milliard so‘mlik 800 483 ta cheklarning 13,4 milliard so‘mlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 million so‘mlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda, tashish xizmati o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qo‘mitasi tomonidan kuzatilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda taksoparklar va o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar o‘rtasida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni to‘g‘ri belgilash bo‘yicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu sohada o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qo‘shish orqali soddalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Soliq qo‘mitasi taksi xizmatini ko‘rsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »