Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yandex.Go xizmati 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston hududida soliq rezidenti – “YandeksGo UB” MCHJ yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi, deb xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, shu kundan boshlab Yandex.Go xizmati o‘z hisob-kitoblarini O‘zbekiston qonunchiligi talablari asosida yuritadi, birlamchi hujjatlarni va soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi. Bu haqda Ridetech International B.V. Soliq qo‘mitasini rasmiy xat orqali xabardor qilgan.

Shu bilan birga, Yandex.Go xizmatini fiskal ma’lumotlar operatori bilan integratsiyalash bo‘yicha ishlar yakunlangan. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yuridik shaxslar mazkur servis yordamida tashish xizmatini ko‘rsatganda mijozlarga fiskal chek berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu tariqa, Yandex Go o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarmoqda. Shuningdek, MyTaxi va Uklon xizmatlarining fiskal maʼlumotlar operatori bilan integratsiyalash ishlari ham yakunlanganini maʼlum qilamiz. Yaqin kunlarda ular orqali ko‘rsatilgan tashish xizmatlari uchun to‘lovlarni fiskallashtirish kutilmoqda, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »