Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida taksi narxlari keskin ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida bugun, 16-fevral kuni havo harorati keskin pasayib, qor yog‘moqda. Shu kabi Toshkent shahrida ham ayni damda havo harorati 1-2 daraja sovuqni ko‘rsatyapti. Hududlarda qor yog‘ishda davom etmoqda

Tarmoqlarda noqulay ob-havo sharoiti sababli taksi narxlari ham keskin ko‘tarilayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Ayni damda yo‘nalishsiz taksi chaqirish minimum narxi 20 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Odatda bu narx 10 ming so‘mdan ortmas edi. Tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, Yashnobod tumanidan Chilonzor tumanigacha borish narxi 100 ming so‘mdan ortiqqa tushmoqda. 

Kadr: Ijtimoiy tarmoqlar

Shu bilan birgalikda, poytaxt ko‘chalarida katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ob-havo sababli barcha haydovchilardan:

  • boshqaruvdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lib;
  • oraliq masofani saqlab;
  • tezlikni me’yordan oshirmasdan;
  • gaz yoki tormoz tepkisini keskin bosmasdan;
  • ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so‘ragan.
Kadr: Ijtimoiy tarmoqlar

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »