Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyati shimolida havo harorati 11–17 darajagacha sovidi. “O‘zgidromet” kun davomida sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab olishini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo”

Prognozlarga qaraganda, 17–19-fevral kunlari Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tunlari havo harorati minimumlari 0 darajadan -5 darajagacha pasayishi mumkin.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, bu kuchli sovish hisoblanmaydi.

“Mazkur viloyatlarda asosiy qishloq xo‘jalik ekin maydonlari borligini inobatga olsak, kutilajak arktik sovuq oqim respublika janubi va vodiy viloyatlariga chuqur taʼsir ko‘rsatmasligini tushunib yetish mumkin. Ammo erta vegetatsiyani boshidan o‘tkazayotgan janub viloyatlari uchun kuchsiz sovuq urish ham ekin va bog‘dorchilikda hosilning ko‘proq yo‘qotilishiga olib kelishini unutmaslik kerak”, — deya fikr bildirgan mutaxassis.

O‘rganishlar 16–19-fevral kunlari mamlakatning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishini ko‘rsatgan. Xususan, bugun Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. 17–18-fevral kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida qor yog‘adi.

Qish iliq kelishi ortidan O‘zbekistonda bodom, o‘rik, shaftolilar gullab yuborgan. Havoning ilishi daraxtlarni qishki uyquga ketadigan paytda gullatib yuborsa, birdan sovuq bo‘lishi ortidan bevaqt “uyg‘onib”, gullab yuborgan daraxtlar hosilidan ayriladi. Qolaversa, ayrim sabzavotlarni ham soquq urish xavfi saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislar havoning sovishi mart oyida mamlakatning janubiy hududlarida yig‘ib olinadigan piyoz, karam va sabzi kabi ertapishar sabzavotlarning hosiliga tahdid soladi. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida. Yaʼni sovuq havo oqimining keskinlashuvi qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keltiradi.

Vaziyatdan kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya va maslahatlarini berdi. Xususun, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish zarur. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi.

Shu bilan birga, sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada sug‘orilgan va ozuqa olgan bo‘lishi kerak.

“Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi. Bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi”, — deya maʼlum qilgan vazirlik.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish ham tavsif etilgan. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam berishi eslatilgan.

Umuman olganda, meva-sabzavotlarning qay darajada hosil berishi qishning keyingi “qadamlariga” va ob–havo sharoitlariga mos ravishda ko‘rilgan choralarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »