Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 14-yanvar kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Qoraqalpog‘iston Ellikqalʼa tumanida qor yog‘di. Shu bilan birga, Toshkent shahrida ham (soat 22:20 holatiga) yomg‘ir yog‘moqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 14-yanvar soat 20 dan 15-yanvar soat 20 gacha O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida (Qoraqalpog‘ston va Xorazmdan tashqari) yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, janub, shimol va vodiy viloyatlaridan tashqari joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prognozlarga qaraganda, 15-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sovuq antitsiklon taʼsirida tunda havo harorati -10, -15 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi ham harorat nol darajadan ancha past saqlanadi. Bu sovuqlik to‘lqinlari Buxoro va Navoiy viloyatlariga ham sezilarli taʼsir etadi. Boshqa viloyatlarda (janub va vodiydan tashqari) esa sovuqlik to‘lqini haroratni minus 3 darajagacha pasaytirishi mumkin.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, sovuq oqimlar o‘tmishdoshlari kabi mintaqada (shimoliy hududlardan tashqari) haroratni manfiy, tuproqni muzlatadigan darajada pasaytira olmayapti.

Erkin Abdulahatov
Foto: “Daryo”
“El-Ninyo fenemoni mintaqaga kuchli taʼsir etmoqda. Afsuski, 16-17-yanvar kunlari respublikaning ko‘plab tog‘ etaklarida kurtaklarda gullash va bo‘rtib qolish fazasiga kirib qolgan mevali daraxtlarni sovuq uradi”,—deya fikr bidirdi mutaxassis.

Navoiy viloyatining janubiy tumanlarida 16-17-yanvar kunlari tunda havo harorati -7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

“Bu hududlarda gullashga kirib borayotgan va kurtaklari bo‘rtish fazaga uchragan mevali daraxtlarni sovuq urishiga olib keladi. Boshqa daraxtlarda ham mazkur sovuqlik omil taʼsiri seziladi”, —deya qo‘shimcha qildi tadqiqotchi.

Qish iliq kelishi ortidan O‘zbekiston tog‘ etaklaridagi bodom, o‘rik, shaftolilar gullay boshlagani xabar qilingandi. Havoning ilishi daraxtlarni qishki uyquga ketadigan paytda gullatib yuborsa, birdan sovuq bo‘lishi ortidan bevaqt “uyg‘onib”, gullab yuborgan daraxtlar hosilidan ayriladi.

“O‘zgidromet” bo‘lim boshlig‘i Humoyun Mag‘ripovning aytishicha, qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘ladi.

“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — dedi mutaxassis.

Mevalar va sabzavotlarning qay darajada hosil berishi kelgusi havo haroratlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »